2402-guruh talabalari ishtirokida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 24-fevral kuni 2402-guruh talabalari uchun xalqaro uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Sultan Idris Education University o‘qituvchisi Muhammad Amirul Fahmi Bin Azmi ishtirok etdi.

 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Malayziya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Talabalar ikki davlat ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tadbir Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyayeva M. rahbarligida tashkil etildi. Suhbat qizg‘in savol-javoblar, erkin fikr almashinuvi va samimiy muloqot ruhida mazmunli tarzda o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube