27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tadbiri doirasida “Milliy musiqa cholg‘ulari” nominatsiyasi bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazildi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev ochib berdi. Unda talabalar o‘zlarining noyob qobiliyatlari va mahoratlarini milliy musiqa asboblarida ijro etib namoyish etdilar.

Tadbirning bosh maqsadi – yoshlarning iste’dodini keng ommaga tanitish va ularni yangi marralarga ilhomlantirish bo‘ldi. Ishtirokchilar orasidan eng yorqin va zukko iqtidor egalari tanlab olindi.

adbir so‘ngida tashkilotchilar iqtidorli yoshlarga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga, talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yangi loyihalar boshlanganligi haqida xabar berildi.  

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube