29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida  “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor V.Sadiyev,  Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor  Otabek Yusupov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat  tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berib, mahorat bilan tasvirlangan rasmlarni baholadi va  o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur tanlovda 50 dan ortiq talabalar fakultet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, universitet bosqichida ishtirok etishdi. Har bir talaba o‘zining  korrupsiyaga qarshi tasvirlangan rasmini tariflar bilan izohladi.

Ma’lumot uchun:  G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 3 million so‘m;

 2-o‘rin — 2 million so‘m;

 3-o‘rin — 1 million so‘m.

Natijalar tez orada e’lon qilinadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube