4-fevral kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Mashg‘ulotda O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirok etdilar.

 

 

Mazkur mashg‘ulot “CEFR: Common European Framework of Reference – Reading Session: MCQ, True/False/Not Given, Sentence Completion” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda tashkil etilib, o‘quvchilarning ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, matn mazmunini anglash, tahlil qilish hamda turli savol turlariga to‘g‘ri javob berish malakalarini oshirishga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, mashg‘ulot o‘quvchilarni CEFR B2 darajasidagi sertifikat imtihoniga tayyorlashga xizmat qildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga CEFR talablariga muvofiq matnlarni o‘qish strategiyalari bo‘yicha nazariy tushunchalar berildi. Amaliy topshiriqlar orqali Multiple Choice Questions, True/False/Not Given va Sentence Completion turidagi savollar ustida ishlanib, matndan asosiy va yashirin ma’lumotlarni aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Dars yakunida o‘quvchilar CEFR formatidagi o‘qish topshiriqlarini bajarishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube