Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan har yili 9-dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni nishonlanadi.

2003-yil 9-dekabrda Meksikaning Merida shahrida yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolash uchun ochildi (2003-yil 31-oktabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan). Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab bir trillion dollar sarflanadi. Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, korrupsiya global iqtisodiyotga har yili taxminan 1,5 trillion dollar yoki global yalpi ichki mahsulotning 2 foizini tashkil qiladi.

Shu munosabati bilan 2024-yilning 3-dekabr kuni O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi professori Feruza Sapayeva tomonidan Ingliz filologiyasi talabalari ishtirokida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzuida davra suhbati o’tkazildi.

   

 

"Maqsadimiz halol va adolatli jamiyat barpo etishdir. Shunday ekan, har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Bu – adolatga intilish, noqonuniy harakatlarga ko‘z yummaslik va boshqalarga o‘rnak bo‘lish kabi oddiy qadriyatlardan boshlanadi," - deydi professor F. Sapayeva o'z nutqida.

Unda  talabalar bilan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini buzadigan jiddiy muammoligi, unga qarshi samarali kurashning asoslari – qonunlarni qat’iy ijro etish, davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning xabardorligini oshirish va har bir insonning huquqiy ongini yuksaltirish, halollik va mas’uliyatlilikni targ‘ib qilish jamiyatning ma’naviy poydevorini mustahkamlashi haqida suhbatlashildi. Tadbir davomida talabalar e'tiboriga mavzuga oid videorolik havola etildi va keng muhokama qilindi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube