Abituriyentlar diqqatiga!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025-yil 14-iyuldan 17-iyulga qadar 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar hamda 60320100 – Xalqaro jurnalistika yo‘nalishlari kesimida oʻtkaziladi.
Quyidagi havola orqali oliygohda kasbiy (ijodiy) imtihon kuni, vaqti va joyi bilan tanishishingiz mumkin:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Kasbiy (Ijodiy) imtihonlari o‘tkazish jadvali
Bogʻlanish uchun telefon raqamlar: +998712301373
Manzil: Uchtepa tumani, G-9a mavzesi, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 21-uy
*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.