Abituriyentlar diqqatiga!

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025-yil 14-iyuldan 17-iyulga qadar 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar hamda 60320100 – Xalqaro jurnalistika yo‘nalishlari kesimida oʻtkaziladi.

Quyidagi havola orqali oliygohda kasbiy (ijodiy) imtihon kuni, vaqti va joyi bilan tanishishingiz mumkin:
Bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlarining Kasbiy (Ijodiy) imtihonlari o‘tkazish jadvali 

Bogʻlanish uchun telefon raqamlar: +998712301373

Manzil: Uchtepa tumani, G-9a mavzesi, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 21-uy 

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube