ZAMONAVIY KO‘P MADANIYATLI MAKONDA MUTAXASSISLIK TA’LIMI VA KASBIY TA’LIM” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2025-yil 13-fevral

Hurmatli hamkasblar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Ingliz tili integrallashgan kursi №2 kafedralari 2025-yil 13-fevral kuni “Zamonaviy ko‘p madaniyatli makonda mutaxassislik ta’limi va kasbiy ta’lim” mavzusida o‘tkaziladigan  xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

 Anjumanning maqsadi:  madaniyatlararo oʻzaro hamkorlik sharoitida taʼlim makonini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

Muhokama qilinadigan muammolar:

Mutaxassis kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda qo‘llanayotgan dolzarb metodlar va texnologiyalar.

Raqamli ta’lim: zamonaviy ta’lim masalalari.

Ko‘p madaniyatli makonda zamonaviy tilshunoslik.

Til, madaniyat, adabiyot: zamonaviy tendensiyalar va muammolar.

Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida.

Anjumanda ishtirok etish shakli: anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM dasturi orqali tashkil qilinadi. Anjuman materiallari elektron to‘plam shaklida taqdim qilinadi.

Anjuman ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar:

Maqola va tezislar barcha turkiy tillarda, rus tilida, ingliz va boshqa xorijiy tillarda 3-7 betgacha hajmda (muallif haqidagi ma’lumotlar, annotatsiya, kalit so‘zlar, matn, adabiyotlar ro‘yxati) taqdim qilinadi.  

Maqola matni .doc yoki .docx formatida, sahifa hoshiyasi: yuqoridan va pastdan – 20 mm, chapdan -20 mm,  o‘ngdan – 20 mm. satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 kegl shriftida tayyorlanadi.

 1-xatboshida maqola nomi maqola shakllantirilgan til hamda ingliz tilida bosh harflar bilan beriladi.

2-xatboshida  o‘ngdan muallifning familiyasi, ismi va sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, elektron manzili, keying qatorda annotatsiya ko‘rsatiladi.

3-xatboshida tashkilot , mamlakat nomi maqola tilida;

4-xatboshida annotatsiya  maqola tilida;

5-xatboshida  kalit so‘zlar maqola tilida;

6-xatboshidan maqola matni boshlanadi.

2-xatboshidan 5-xatboshigacha ko‘rsatilgan talablar maqola tili bilan birga xohishga ko‘ra ingliz tilida ham berilishi mumkin.

Anjuman o‘tkazilish manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21-A uy.

Ilmiy maqolalar 2025-yilning 10-fevraligacha salisheva_z@mail.ru e-manzili va +998 90 347 85 38 telegram kanali orqali qabul qilinadi.

Tel. raqamlari:  +998974471969; +998909637801; +998913838621.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube