“ZAMONAVIY KO‘P MADANIYATLI MAKONDA MUTAXASSISLIK TA’LIMI VA KASBIY TA’LIM” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Ingliz tili integrallashgan kursi №2 kafedralari 2025-yil 13-fevral kuni “Zamonaviy ko‘p madaniyatli makonda mutaxassislik ta’limi va kasbiy ta’lim” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.
Anjumanning maqsadi: madaniyatlararo oʻzaro hamkorlik sharoitida taʼlim makonini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
Muhokama qilinadigan muammolar:
Mutaxassis kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda qo‘llanayotgan dolzarb metodlar va texnologiyalar.
Raqamli ta’lim: zamonaviy ta’lim masalalari.
Ko‘p madaniyatli makonda zamonaviy tilshunoslik.
Til, madaniyat, adabiyot: zamonaviy tendensiyalar va muammolar.
Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida.
Anjumanda ishtirok etish shakli: anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM dasturi orqali tashkil qilinadi. Anjuman materiallari elektron to‘plam shaklida taqdim qilinadi.
Anjuman ishtirokchilariga sertifikat beriladi.
Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar:
Maqola va tezislar barcha turkiy tillarda, rus tilida, ingliz va boshqa xorijiy tillarda 3-7 betgacha hajmda (muallif haqidagi ma’lumotlar, annotatsiya, kalit so‘zlar, matn, adabiyotlar ro‘yxati) taqdim qilinadi.
Maqola matni .doc yoki .docx formatida, sahifa hoshiyasi: yuqoridan va pastdan – 20 mm, chapdan -20 mm, o‘ngdan – 20 mm. satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 kegl shriftida tayyorlanadi.
1-xatboshida maqola nomi maqola shakllantirilgan til hamda ingliz tilida bosh harflar bilan beriladi.
2-xatboshida o‘ngdan muallifning familiyasi, ismi va sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, elektron manzili, keying qatorda annotatsiya ko‘rsatiladi.
3-xatboshida tashkilot , mamlakat nomi maqola tilida;
4-xatboshida annotatsiya maqola tilida;
5-xatboshida kalit so‘zlar maqola tilida;
6-xatboshidan maqola matni boshlanadi.
2-xatboshidan 5-xatboshigacha ko‘rsatilgan talablar maqola tili bilan birga xohishga ko‘ra ingliz tilida ham berilishi mumkin.
Anjuman o‘tkazilish manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21-A uy.
Ilmiy maqolalar 2025-yilning 10-fevraligacha salisheva_z@mail.ru e-manzili va +998 90 347 85 38 telegram kanali orqali qabul qilinadi.
Tel. raqamlari: +998974471969; +998909637801; +998913838621.