Bahor va vafo kuychisi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi
27-fevral sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida atoqli shoira Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor va vafo kuychisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, fakultetlarning “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari koordinatorlari hamkorligida tashkil etildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar qalbida adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadiyev Valijon Alijonovich kirish so‘zi bilan ochib berib, Zulfiyaxonim ijodining ma’naviy merosimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Dastur davomida shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, uning she’rlari asosida kuy-qo‘shiqlar talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yakunda universitetimizdagi har bir fakultetning faol “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubi koordinatorlariga ISHONCH YORLIG‘I topshirildi. Bu e’tirof ularning tashabbuskorligi va faol ishtirokiga munosib rag‘bat bo‘ldi.