Birinchi bosqich talabalari oʻrtasida  “Freshmen battle” tashkil etildi

Bellashuvda talabalar to’rt yoʻnalish boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi:

 

 

Birinchi “The World in our eyes” bosqichida har bir guruhdan 6 ta talaba oldindan tanlangan mamlakatni 4 daqiqada har tomonlama, barcha qiziqarli va aniq faktlar bilan hamda hech qanday qoʻshimcha ma’lumot manbalarisiz yoritib berishi talab etildi.

Ikkinchi bosqich  - “ Spelling Bee” boʻlib, unda talabalar berilgan so’zlarni tez fursatda, harfma-harf to’g’ri talaffuz qilishi kerak edi. Bu shartni tekshirish va baholashga Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili Tarjima Nazariyasika fedrasida faoliyat ko’rsatayotgan Senior teacher Mr Ralf ma’sul etib belgilandi. 

Uchinchi bosqich – “Performance” sahna ko’rinishi boʻldi. Bu shartda talabalar oʻquv yili boshidan beri mustaqil ravishda, “As a self work” tarzida o’qigan asarlaridan 5-6 daqiqalik qisqacha Role play ijro etib berishi talab qilindi. Toʻrtinchi “Singing a song” bosqichida talabalar butun guruh boʻlib, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy jihatga ega boʻlgan qoʻshiqni aytib berishlari kerak boʻldi.

Mazkur “Freshmen Battle” dasturiga OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tashrib buyurib, yakunda o’z sovg’alarini iqtidorli talabalarga taqdim etdi.

 

 

Bellashuv soʻngida hakamlar hay’ati barcha guruhlar chiqishlarini bir necha yoʻnalishlar boʻyicha baholadi. Bunda talabalarni ingliz tilida qanchalik ravon va erkin gapira olish imkoniyati, ijodkorligi va guruh boʻlib ishlash koʻnikmasining qay darajada shakllanganligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur tadbir tomoshabinlarga ham, bellashuv ishtirokchilariga ham yuqori quvnoq kayfiyat baxsh etdi va barchada ajoyib tassurot qoldirdi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube