Bitiruvchi talabalarga ishga yo‘llanma varaqalari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida zarur tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Shu munosabat bilan 2025-yil 17-iyun kuni universitetning Ingliz filologiyasi fakultetida bitiruvchi talabalarga ishga yo‘llanma varaqalari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda fakultet dekani Yu. Azzamov, Registrator ofisi boshlig‘i A. Xalillayev, bo‘lim boshliqlari A. Ahmedov va E. Avezovlar ishtirok etdilar.

Jarayon davomida talabalarga yo‘llanmalarning mazmun-mohiyati, rasmiylashtirish tartibi va ulardan foydalanish qoidalari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube