Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda yurtimizdagi qator vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, mahallalar bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoya asosida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat marafoni” tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Ushbu marafon respublikamiz turli hududlardagi masʼul rahbarlardan tortib, tashkilot va korxona jamoalari, adabiyot va sanʼat namoyondalari, keng jamoatchilik hamda yoshlarni qamrab oldi.
10-noyabr kuni mazkur marafon nihoyasida respublikada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan bir guruh vatandoshlarimiz “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.
Ular qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist – Toshboyev Olim Shoyimovich ham“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.