Braziliya delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Sergio Rodrigues dos Santos hamda Braziliya Tashqi ishlar vazirining Osiyo va Tinch okeani masalalari bo‘yicha o‘rinbosari xonim Susan Kkeebank boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, shuningdek, Campinas milliy universiteti Til markazi direktori Simone Hashiguti hamda O‘zbekiston TIV Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimi Kozimxon Xujaev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarni qabul qilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, portugal tilini o‘qitishni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, uchrashuv avvalida mehmonlarga universitet faoliyati va ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xonim Susan Kkeebank Braziliyada xorijlik talabalar uchun ajratiladigan grant dasturlari haqida so‘z yuritib, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi. U qaytish jarayonida O‘zbekistonlik talabalar uchun grantlar ajratilishini qo‘llab-quvvatlashga alohida yordam berishini ma’lum qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube