Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, bayramona muhitga o‘ziga xos fayz bagʻishladi. Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov barcha ishtirokchilarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Bayram dasturi doirasida mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozildi. Tadbir turli kuy-qoʻshiqlar, milliy raqslar va musiqiy chiqishlar bilan boyitilib, iliq, quvnoq va ko‘tarinki kayfiyatda oʻtdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Xorijlik talabalar va mutaxassislar universitet rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor va yaratilgan samimiy muhit uchun minnatdorlik bildirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube