Bugun universitet rektori I. Tuxtasinov Fransiya elchixonasining mamlakatimizdagi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy vakili Serj Bellini bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda fransuz tili yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, xususan, Fransiya va O‘zbekistonlik mutaxassislar hamkorligida zamonaviy darslik va qo‘llanmalarni yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab oliy ta’lim muaasasalarigacha bo‘lgan bosqichlarda fransuz tilini o‘qitish sifatini oshirish, talabalarni hamkorlikda xorijiy til sertifikati imtixonlariga tayyorlash, shuningek, ta’lim loyihalarida ishtirok etish sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda universitet va elchixona o‘rtasida madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube