15-may kuni O'zDJTU da “ Islom – ma’rifat dini, “Ilmdan boshqa najot yo’q”, “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V.Sadiyev ochib berdi.
Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi J.Meliqoʻziyev hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat rahbari o'rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor F.N.Jurakulov ishtirok etib, nutq soʻzladi, hozirgi kunda dolzarb diniy masalalar yuzasidan talabalarga tegishli maslahat va tavsiyalar berdi, barcha talabalarni ogohlikka chaqirdi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan munosib javob oldilar.