Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Ilmiy seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda doktorantlar ishtirok etdilar.
Muhokama davomida Ayaqulova Aziza Ismatulla qizining 10.00.06 — “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbek va rus tillarida kardioxirurgiyaga oid terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishining ilmiy-amaliy ahamiyati e’tirof etilib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha xulosalar berildi.