Dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi
2026-yil 6-oktyabr, soat 14:00da oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
G‘oyibov Umarjon Alisher o‘g‘li 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning kognitiv aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar:
Abdusamadov Zafar Nurmatovich, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Taqrizchilar:
Atanazarova Shoxida Baxramovna, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
Xakimova Maksadxon Dilshodbekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ekspert:
Ziyodulloyeva Aziza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.