15-noyabr Kuni O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar kun tartibidan Ashurov Zafarjon Rahmankulovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi “Oliy ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning kunduzgi va masofaviy shakllarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube