RASMIY MUNOSABAT:
Ijtimoiy tarmoqlarda, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasining diplomini ololmay sarsonligi haqida asosiz murojaat tarqaldi.
Murojaatchiga ko‘ra, talaba qarzdorlik tufayli imtihonlarga kirolmagan, hozirda imtihon kuni cho‘zilayotganligidan norozi ekanligini bildiradi.
Hozirda murojaatchining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda. Murojaatchining shaxsi aniqlangach, vaziyat o‘rganilib, holatga oydinlik kiritiladi.
Hozircha, murojaatda keltirgan holat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “To‘rt yil yemay, ichmay "kontrakt" pulini to‘lab, beshinchi yil ham diplom ololmayapmiz" sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaatda esa hech bir asosga ega emas.
Agarda, birorta jarayonlarga nisbatan sizda e’tiroz paydo bo‘lsa, har qanday holatda ham, avvalo, universitet ma’muriyatiga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan. Belgilangan muddat orasida to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash uchun yetarlicha imkoniyatlar berilgan. Shu vaqt orasida kontrakt summasi to‘lansa, talabalar uchun hech qanday noqulayliklar keltirilmaydi.