Erasmus+ KA171: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

2026-yil 2-fevral kuni 1 Decembrie 1918 University of Alba Iulia doktoranti Ismet Dilaver O'zDJTU ga tashrif buyurdi. Tashrif Erasmus+ KA171 xalqaro akademik almashinuv loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda

 

 

Mehmonni Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi mudiri D. Isroilova, loyiha koordinatori X. Avilova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari samimiy kutib oldilar.

Ismet Dilaver Erasmus+ dasturi asosida 8 marotaba akademik faoliyat olib borganini va bu uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekanini ta’kidladi.
U O‘zDJTUda Amerika adabiyoti yo‘nalishida bir oy davomida ilmiy tadqiqot olib boradi.
Talabalar uchun Yevropa ta’lim tajribasiga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zDJTU Ingliz tili 1 fakulteti 3-bosqich talabasi Ziynatshoyev Xojiakbar joriy o‘quv yilining II semestrida hamkor universitetda bir semestr akademik mobillik asosida tahsil oladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube