Mamlakatimiz oʻz kelajagini bilimli, tashabbuskor va yuksak maʼnaviyatli yoshlarda koʻradi. Bu ezgu maqsad davlatimiz rahbari ilgari surgan “5 muhim tashabbus”da ham oʻz aksini topgan. 

Ulardan biri kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻlib, bu yoʻnalishda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ham ushbu ezgu saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir.

 “Yangi asr avlodi” nashriyoti bugungi kunda kitobxonlar uchun sifatli, mazmunli va qiziqarli adabiyotlarni chop etib kelmoqda. Bolalar, oʻsmirlar va kattalar uchun turli mavzulardagi kitoblar yetkazilmoqda.

“Yangi asr avlodi” nashriyoti Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovga kitobxonlikni rivojlantirishdagi yuksak hissasi uchun minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bugun universitet Kengashida “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan taqdim etilgan tashakkurnoma rektor Ilxomjon Tuxtasinovga topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube