Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy kengash majlisi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Dvoryashina Viktoriya Sergeyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Jon Steynbek ijodida sayohatnoma janrining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.
Himoya jarayonida tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati keng muhokama qilinib, izlanuvchining ma’ruzasi hamda berilgan savollarga javoblari ilmiy kengash a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.
2026-06-08 10-46