Ilm-fan va ta’lim sohasiga oid muhim seminar 

2026-yil 6-yanvar kuni Ingliz tili 2-fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi 1030 - qarori mazmuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

-Seminar Bazarbayeva Albina Mingaliyevna (DSc), dotsent tomonidan olib borildi.

Seminar davomida quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:

- qarorning normativ-huquqiy asoslari;
- ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari va mezonlari;

- xodimlarning huquq va majburiyatlari;

- to‘lovlarni belgilash va rasmiylashtirish tartibi;

- qarorning ilmiy-uslubiy jihatlari va uni amaliyotga joriy etish masalalari xususida tushunchalar berib o'tildi. 

Fakultet professor-o'qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar hamda mazkur qarorning amaliy ahamiyati yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube