Ilmiy darajaga  nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03.30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 16-son yig‘ilishida Mannonova Saodat Artiqovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va o‘zbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi.

 

 

Himoyada universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar va Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Tadqiqot ilmiy-nazariy yondashuvlari va amaliy ahamiyati bilan e’tirof etilib, ijobiy baholandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube