Ilmiy seminar: dissertatsiya ishi muhokama qilindi

Ilmiy seminar: dissertatsiya ishi muhokama qilindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Sotiboldiyeva Gulcharos Murat qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Badiiy matn tarjimasida leksik transformatsiyalarning kommunikativ xususiyatlari (ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimalar misolida)” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Tadqiqotchi dissertatsiyaning asosiy mazmuni va ilmiy natijalari haqida ma’lumot berdi. Muhokama jarayonida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirildi. Shuningdek, taqrizchilar tomonidan dissertatsiya ishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli fikr va xulosalar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube