Joriy yilning 6-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi va Germaniyaning DAAD jamgʻarmasi  tomonidan professor-oʻqituvchilar, magistrlar va talabalar uchun “Ilmiy tadqiqotga kirish” mavzusida seminar tashkil etildi. 

 

Seminarni Germaniyadan taklif qilingan professor Holger Gutschmidt olib bordi. 

Seminarda mehmon professor-tinglovchilarga zamonaviy germanistikaning asosiy ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari, usullari hamda maqolalar chop etish  boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi. 

Dastur so’nggida tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ekspertdan javob olishdi. Seminar qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube