Joriy yilning 6-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi va Germaniyaning DAAD jamgʻarmasi tomonidan professor-oʻqituvchilar, magistrlar va talabalar uchun “Ilmiy tadqiqotga kirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni Germaniyadan taklif qilingan professor Holger Gutschmidt olib bordi.
Seminarda mehmon professor-tinglovchilarga zamonaviy germanistikaning asosiy ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari, usullari hamda maqolalar chop etish boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.
Dastur so’nggida tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ekspertdan javob olishdi. Seminar qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.