O‘zbekiston va Indoneziya hamkorligidagi ilk qo‘shma malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi tarmoq markazida Indoneziyaning nufuzli Gunadarma universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulovni universitet hududi bo‘ylab sayrga taklif etdi.
Mehmon universitet infratuzilmasi bilan tanishib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Uzoqboy Begimqulov ko‘rilgan ishlarni yuqori baholab, universitet jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.