Kangwon Milliy Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

19-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kangwon Milliy Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Kangwon Milliy Universiteti bosh menejeri prof. Chu Gyowon hamda bosh direktori prof. Minhee Lee ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Jo‘rayev, xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi M. Ogay, Ingliz tili 3-fakulteti o‘qituvchisi Y. Sharipova hamda koreys tili o‘qituvchisi O. Ahmedovlar qatnashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Xususan, Kangwon Milliy Universiteti tomonidan quyidagi dasturlar taklif etildi:
1+3 bakalavriat dasturi (TOPIK 3 yoki IELTS 5.5+)
2+2 ikki diplomli dastur
3+1 bakalavriat + magistraturaga kirish imkoniyati (TOPIK 4 yoki IELTS 6.0+)
1+1 magistratura dasturi

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari ilgari surildi:

2+2 ikki diplomli dastur
Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari
Ilmiy maqolalar nashri va jurnal chop etishda hamkorlik
Qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish
O‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlari
Mutaxassislar almashinuvi
Koreys va ingliz tili metodikasi bo‘yicha treninglar

 

Ma’lumot uchun, Kangwon Milliy Universiteti 1947-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Koreya Respublikasi hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yetakchi davlat universitetlaridan biridir. Universitet QS xalqaro reytingida 801–1000 oraliqda joylashgan bo‘lib, Koreyadagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda universitet 60 dan ortiq davlatlar bilan faol xalqaro hamkorlik olib boradi hamda 1200 dan ortiq xalqaro talabaga ta’lim bermoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube