Kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi

Kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi

24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida kasbiy qayta tayyorlash kursining “Xorijiy til: ingliz tili” yo‘nalishi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi tashkil etildi.

Himoya jarayonida tinglovchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalari, amaliy tavsiyalari hamda kasbiy kompetensiyalarini taqdim etib, attestatsiya komissiyasi a’zolarining savollariga javob berdilar. Bitiruv malakaviy ishlari belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etdi. Rektor tinglovchilarni bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan tabriklab, ularning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashuvi hamda pedagogik mahoratini alohida e’tirof etdi.

Mazkur himoya jarayoni tinglovchilarning ta’lim dasturi davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish bilan birga, ularning pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarligini tasdiqlovchi muhim attestatsiya bosqichi bo‘ldi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube