KOICA vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida

27-may kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha KOICA volontyorlar loyihasi”ning amalga oshirilish jarayoni, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan volontyorlarning amaliy faoliyati muhokama qilindi.

 

 

Muhokama qilingan asosiy masalalar:

 1. KOICAning “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni universitetda samarali joriy etish holati va natijalari;
 2. Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, xususan ta’lim, madaniy almashinuv va kadrlar tayyorlash sohalarida qo‘shma tashabbuslar;
 3. Loyiha doirasida faoliyat olib borayotgan volontyorlarning ish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi 

Uchrashuvda KOICAning Seuldagi bosh ofisi va Toshkentdagi vakolatxonasidan Kang Tegu, Park Inxe, Song Gihun, Park Sohi, Ju Yejung, Park Hevon, So Vansu, Li Yubin, Rojiboyev Ilhomjon, Saidov Islombek, Park Jun Hyung, No Yunmi va Shomirzaev Anvar kabi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, prorektorlar A. Nasirov, M. Xamraev,  - Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i X. Yuldashev hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djuraev qatnashdi.

 

 

Tashrif so‘ngida mehmonlar Sharq filologiyasi fakultetiga tashrif buyurib, volontyorlarning dars jarayoni va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi samarali va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube