Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi va iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan bir qator “Loyihalar tanlovi”ni eʼlon qilgan edi.
Universitet tomonida eʼlon qilingan “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni, “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi, “TOP 10 Innovator” reytingi, “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanlovi hamda “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovlarida 100 yaqin universitet professor-oʻqituvchilari, magistr va iqtidorli talabalari oʻz loyihalari bilan ishtirok etdi.“Loyihalar tanlovi” natijalari universitet rasmiy http://uzswlu.uz/ veb-sahifasi va Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimining rasmiy telegram kanali — https://t.me/uzdjtu ga joylashtiriladi.
Bugun OʻzDJTU “Top 10 Innovator”, “Ideaton-Oʻzbekiston 2030”, “Mening Startap loyiham” inkubatsiya dasturi yuzasidan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va loyihalar tanlovini ochib berib, baholash mezonlari haqida soʻz yuritdi.
Maʼlumot uchun, 6-noyabr kuni “Ayollar biznesiga birinchi qadam”, “Techno Ways” texnologik rivojlanish marafoni yuzasidan loyihalar taqdimoti tashkil etiladi. Tanlov ishtirokchilari Maxsus komissiya raisi va aʼzolari tomonidan baholanadi.