1-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar press klubi”da “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatini izchil davom ettirish maqsadida yoshlarni radikalizm, ekstremizm va yot g‘oyalarga qarshi kurashishga qaratilgan “Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Jami ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan tanlovda O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti 4-bosqich talabasi Shahzodbek Mirzaulug'ov faxrli 3-o'rinni egallab, maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Ma’lumot uchun, mazkur videoroliklar ko’rik-tanlovi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda o'tkazildi.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube