OÇIQ EŞIKLAR KUNI: MAKTAB ÖQUVÇILARI ÖZDJTU MEHMONI BÖLDI
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Oçiq eşiklar kuni doirasida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani ixtisoslaştirilgan maktabi öquvçilari uçun taniştiruv uçraşuvi taşkil etildi.
Taşrif davomida maktab öquvçilari universitetning taʼlim yönalişlari, fakultetlari, mavjud imkoniyatlari, xalqaro hamkorligi hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, ularga universitetda yaratilgan şart-şaroitlar, xorijiy tillarni çuqur örganiş imkoniyatlari va oliy taʼlimga kiriş jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

Mazkur taşrif öquvçilarning kelajakdagi kasb va taʼlim yönalişini tanlaşiga kömaklaşiş, ularda xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişni yanada oşirişga qaratildi.