Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Dream Bridge Korea” — Koreyada taʼlim oliş va Özbekistonda işga joylaşiş körgazmasida iştirok etdi

23-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Toşkent şahridagi Koreya Respublikasi Taʼlim markazida ötkazilayotgan “Dream Bridge Korea” — Koreyada taʼlim oliş va Özbekistonda işga joylaşiş körgazmasida iştirok etdi.

Körgazmada 44 ta Koreya universiteti, 12 ta kompaniya va 6 ta davlat taşkiloti qatnaşmoqda. Tadbir Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi, Koreyaning Özbekistondagi elçixonasi, Toşkentdagi Koreya Taʼlim markazi, KOICA hamda Özbekistondagi Koreya biznes assotsiatsiyasi (UzKBA) kömagida taşkil etilgan.

Taşrif davomida ÖzDJTU rektori oçiliş marosimida iştirok etdi va koreys milliy sanʼati namoyişini tomoşa qildi. Şuningdek, KOICA, EPS markazi va Koreya Taʼlim markazi stendlari bilan tanişib, vakillar bilan taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, talabalar almaşinuvini kengaytiriş hamda yoşlarning bandligini taʼminlaş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.

Körgazma 24-oktabr kuni ham davom etadi. Unda Koreyada taʼlim oliş imkoniyatlari, işga joylaşiş masalalari, kompaniyalar taqdimotlari va işga qabul suhbatlari böyiça maʼlumot oliş mumkin.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube