ÖZDJTU REKTORI TURKIYA RESPUBLIKASI KUNI MUNOSABATI BILAN TAŞKIL ETILGAN RASMIY ZIYOFATDA IŞTIROK ETDI
2026-yil 29-oktabr kuni Toşkent şahridagi Hilton mehmonxonasida Turkiya Respublikasi taşkil topganining 103 yilligi — Respublika kuni (Cumhuriyet Bayramı) munosabati bilan rasmiy ziyofat bölib ötdi. Tadbir Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan taşkil etildi.

Mazkur tadbirda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda iştirok etdi. Ziyofatda diplomatik korpus, davlat va jamoat taşkilotlari hamda turli sohalar vakillari qatnaşdi.
Turkiya Respublikasining taşkil topgan kuni mamlakat tarixidagi muhim sanalardan biri bölib, har yili 29-oktabrda keng nişonlanadi. Uşbu bayram Özbekiston va Turkiya örtasidagi döstlik hamda özaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaş, xususan, taʼlim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
