ÖZDJTU VA BUYUK BRITANIYANING WARWICK UNIVERSITETI ÖRTASIDA HAMKORLIK BÖYIÇA MUHIM KELIŞUVLARGA ERIŞILDI
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti vakillari örtasida muzokaralar ötkazildi. Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini va şartnomani imzoladilar.
Muzokaralarda talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini rivojlantiriş, malaka oşiriş dasturlarini taşkil etiş, xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qiliş hamda onlayn va oflayn maʼruzalarni yölga qöyiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar mavjud hamkorlikni tizimli davom ettiriş va yangi akademik imkoniyatlarni kengaytiriş böyiça fikr almaşdilar.
Taʼkidlaş joizki, «El-yurt umidi» jamğarmasi kömagida ÖzDJTU bitiruvçilari va universitet professor-öqituvçilarining Buyuk Britaniyada taʼlim olişi hamda malaka oşirişi xalqaro tajriba almaşiş uçun muhim imkoniyat yaratmoqda. Yangi kelişuvlar uşbu yönalişdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ilğor taʼlim tajribalarini örganiş va universitetlar örtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan.
2026-10-28 10-50