Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-martdagi 81-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirish kurslarining yangi o‘quv reja va dasturlarini joriy etishga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig'ilishda universitetning eng malakali professor-o‘qituvchilari hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dars beruvchi pedagoglar faol ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishlari, jumladan ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va rus tillari hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilayotgan yangi o‘quv reja va dasturlar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida maxsus modullar mazmuni chuqur tahlil qilinib, zamonaviy talablar asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xususan Top-300 talikdagi universitetlar tajribasini o‘rganish asosida ilg‘or yondashuvlar ilgari surildi. Yig‘ilishda inklyuziv ta’lim, chet tillarini o‘qitishda ekosistema yondashuvi, raqamli pedagogika, sun’iy intellekt hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yangi modullar ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube