Ozarbayjon vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Ozarbayjon vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Samarqand shahrida 24–25-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Birodar shaharlar xalqaro forumi”da ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon shahar munitsipalitetlarining Milliy assotsiatsiyasi Ijroiya kotibi Ali Akbarli hamda Assotsiatsiyaning aloqa masalalari boʻyicha koordinatori Aydin Muradov Toshkent shahriga yetib keldi.

Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov kutib oldi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari rektor hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazning zamonaviy infratuzilmasi, boy ilmiy-maʼnaviy merosi, noyob qoʻlyozmalar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Markazning mahobati, unda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar va madaniy meros namunalari Ozarbayjon vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston “Yuksalish” umummilliy harakati rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida mehmonlarga harakatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari haqida atroflicha maʼlumot berildi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube