Joriy yilning 2-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor "O‘zbek sinologlar simpoziumi" bo'lib o'tdi.
Unda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yu Jun qatnashuvchilarni oy taqvimi bo‘yicha nishonlanayotgan yangi yil bilan qutladi va O‘zbekistonda "Sinologlar assotsiatsiyasi" ish boshlaganini ma‘lum qildi. Shu munosabat bilan elchi o‘zbek xitoyshunoslariga o'z faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Simpoziumda, shuningdek, OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri, PhD Shahnoza Xakimova O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xitoy tilini o'qitishga berilayotgan e‘tibor va kelgusida ushbu faoliyatni yanada rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo'lgan masalalar bo'yicha ma‘ruza qildi.