O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti fakulteti dekanlariga
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2024-yil 17-apreldagi
PQ-161-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 24-bandida Aholini zilzilada amaliy harakatlanishga o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv trenajyorlari (zilzilasimulyatorlari) orqali tayyorlash vazifasi belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlashmasadida, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli tabiiy ofatlar, xususan zilzilalar bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlarda talaba yoshlarni to‘g‘ri harakatlanish, jabirlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmasini oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida 10 dan ortiq zamonaviy trenajorlar orqali favqulodda vaziyatlarda (zilzila, yong‘in, portlash, sel va qor ko‘chkisi va h.k.) nazariy va amaliy ko‘nikmalar oshirish uchun kerakli barcha shart-sharoit yaratilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, universitet talabalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazi amaliy mashg‘ulotlari haqida xabardor etish hamda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tashrifini tashkil etishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Ma’lumot uchun: Favqulodda vaziyatlar smulyatsiya markazi manzili:
Toshkent shahri MirzoUlug‘bek tumani AlisherobodMFY, Anaybuloq ko‘chasi, 3-uy.
Mashg‘ulotda qatnashish bir nafar ishtirokchi uchun 15.000 (o‘n beshming)so‘m.
Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: 71 230-50-72, 95 324-01-30
Fuqaro va mehnat muhofazasi
bo‘limi boshlig‘i Sh.Urinov
20.11.2025-yil.