O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida tinglovchilar Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Primakara universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida ta’lim tizimini tashkil etish, o‘quv jarayonlarini boshqarish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Uchrashuv chog‘ida oliy ta’limda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, xalqaro ta’lim tajribalari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur tashrif tinglovchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasasining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishish, ilg‘or tajribalarni tahlil qilish hamda ularni milliy ta’lim amaliyotiga moslashtirish imkonini berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube