O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kechki va sirtqi ta'lim fakulteti talabalari bilan 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi 

Ushbu sana “Konstitutsiyam — huquqim kafolati” shiori ostida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir davomida Kechki va sirtqi ta'lim fakulteti talabalari Ingliz tili amaliy fanlar N2 kafedrasi oʻqituvchilari Mamanabiyeva Shaxrizoda, Haydarova Goʻzal, Mamashoyeva Sitora, hamda universitet xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Ashurova Feruza Lutpullayevna Kechki va sirtqi ta'lim fakulteti tyutori R.Madraximovlar tomonidan Konstitutsiyamizning yaratilish bosqichlari, unda belgilangan asosiy huquq va erkinliklar haqida mazmunli, qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy gazetalar ko‘rgazmasi ham namoyish etilib, ular uchun o‘z iste’dod va fikrlarini ifodalash imkoniyati yaratildi.

Konstitutsiyamiz — xalqning huquq va erkinliklarini asrovchi mustahkam poydevordir!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube