O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 12-noyabr kuni “Kutilgan fursat” media loyihasi mehmoni bo‘ldi.
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan “O‘zbekiston -2030” strategiyasidan o‘rin olgan 100 ta maqsadga erishish g‘oyalari va ularning ijro mexanizmlari bo‘yicha loyihalarni jamlash hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etishga qaratilgan “Kutilgan fursat” media platformasi bu galgi sonida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov “O‘zbekiston-2030” strategiyasidan o‘rin olgan 7-maqsad “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.