O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “Louvre Academie” o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
28-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “Louvre Academie” o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlikka oid memorandum imzolandi. Ushbu muhim hujjat fransuz tilini rivojlantirish, uni universitet miqyosida keng targ‘ib qilish hamda talabalarni milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Mazkur memorandum imzolash marosimi doirasida maxsus tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nosirov ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda fransuz tilini o‘rganish uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar, shu jumladan, laboratoriyalar, adabiyotlar va malakali ustozlar faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u bugungi “Ziyodalus” festivali haqida ham fikr bildirib, bu kabi tashabbuslar til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishini ta’kidladi.
Tadbir davomida “Louvre Academie” o‘quv markazi bilan hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan yangi loyihalar, xususan, DALF C1 va DELF B2 kabi xalqaro darajadagi sertifikatlarga tayyorlov kurslari, metodik seminarlar va o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan iqtidorli talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.