28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi.

Tanlovda universitetning barcha fakultetlari vakillari ishtirok etdi.
Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin: Xalqaro jurnalistika fakultetining “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin: Ingliz filologiya fakultetining “Turkiston” jamoasi
3-o‘rin: Tarjimonlik fakultetining “Tarjimon” jamoasi
Tanlov yoshlarimiz orasida milliy qadriyatlarimizga e’tibor, vatanparvarlik ruhini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z bilim va qobiliyatlarini faol namoyish qilib, yuqori baholarga sazovor bo‘ldilar.
Ushbu tadbir orqali universitetda milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazish, ijodiy faollikni rag‘batlantirish kabi muhim maqsadlar amalga oshirildi.
