OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - adolat tantanasi" nomli huquqiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Chilonzor tuman prokuraturasi mutasaddi xodimlari, Chilonzor tumani IIO FMB HP profilaktika inspektori leytenant Boboqulov Toshkanboy Maxmud oʻgʻli, universitet "Oʻzbekiston tarixi" kafedrasi katta oʻqituvchisi  N.Teshabayeva, universitet "Siyosatshunoslik" yoʻnalishi  doktoranti D.Eshbekov ham ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar eʼtirof etganidek, jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi va shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur. Zero, Konstitutsiya mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblanadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube