O‘zDJTU professori Gruziyada xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda

O‘zDJTU professori Gruziyada xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Gruziyaning Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna ayni kunlarda Gruziyada xizmat safarida.

Professor Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna Qiyosiy adabiyotshunoslik Gruziya assotsiatsiyasi, Shota Rustaveli nomidagi Adabiyot instituti hamda Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan, jahon adabiyotini o‘rganishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan XVIII xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda.

Nufuzli xalqaro anjumanda Oksford, Garvard, Toronto, Boston kabi dunyoning yetakchi universitetlari olimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Xizmat safari doirasida akademik aloqalarni yanada kengaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda kafedralararo ilmiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube